Kompaniya rasmiy xabariga ko‘ra, 5-martdan boshlab faoliyat to‘liq to‘xtatiladi.
📱 Shu sanadan e’tiboran:
➖ ilova orqali buyurtmalar qabul qilinmaydi;
➖ sayt orqali ham xizmat ko‘rsatish to‘xtaydi;
➖ yetkazib berish xizmati yakunlanadi.
📊 Wolt yopilishi ortida moliyaviy muammolar bo‘lishi mumkin
Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yetkazib berish xizmati Wolt o‘tgan yil yakunida moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan.
iHamkor ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya qariyb 3 mlrd so‘m daromad qayd etgan bo‘lsa-da, yilni taxminan 30 mlrd so‘m zarar bilan yakunlagan.
Bu holat servisning O‘zbekiston bozorini tark etish qaroriga asosiy sabablardan biri bo‘lishi mumkin.


