Jahon

Qirg‘izistonda hokimiyat tizimi qayta shakllantirilmoqda

12.02.2026
Qirg‘izistonda hokimiyat tizimi qayta shakllantirilmoqda

Qirg‘izistonda prezident Sadir Japarov mamlakat xavfsizlik xizmatining sobiq rahbari Qamchibek Tashiyevga aloqador yoki xayrixoh mansabdorlarni iste’foga chiqarishni davom ettirmoqda. Bugun Qirg‘iziston parlamenti to‘rag‘asi Nurlanbek Turg‘unbek o‘g‘li parlament raisligi vakolatlarini o‘zidan soqit qildi. Qirg‘iz matbuotiga ko‘ra, Marlen Mamataliyev parlamentning yangi to‘rag‘asi bo‘lishi kutilmoqda.

Sadir Japarov Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining vakolatlarini keskin qisqartirishga kirishdi. Davlat chegara xizmati alohida mustaqil tuzilmaga aylantirildi, mamlakat birinchi rahbarlari xavfsizligini ta’minlaydigan Davlat qo‘riqlash xizmati tashkil etildi. U to‘liq prezidentga bo‘ysunadi.

Shunday qilib, parlament va xavfsizlik tuzilmalariga prezident xayrixohlari tayinlandi.

O'xshash maqolalar