O'zbekiston

Propan oʻrniga metan quyib, avtomobillarga gaz to‘ldirish talab va shartlarini qo‘pol ravishda buzgan "Metan zapravka"ning litsenziyasi bekor qilindi!

09.04.2026
Propan oʻrniga metan quyib, avtomobillarga gaz to‘ldirish talab va shartlarini qo‘pol ravishda buzgan "Metan zapravka"ning litsenziyasi bekor qilindi!

Joriy yilning 2-yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan AGTKSh tomonidan metan gaz baloni o‘rniga propan gaz baloni o‘rnatilgan avtomobilga siqilgan tabiiy gaz (metan) quyilishi natijasida portlash sodir bo‘lib, mazkur holat yuzasidan foto va videolar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan edi.

Ushbu holat O‘zenergoinspeksiya tomonidan atroflicha o‘rganilib, o‘rganish natijalariga asosan, shoxobchaga tegishli litsenziyani bekor qilish uchun sudga ariza kiritildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining 2026-yil 8-apreldagi qarori bilan “K.M.” MChJ tomonidan litsenziya talab va shartlari qo‘pol ravishda buzilgan deb topilib, jamiyatga tegishli litsenziya bekor qilinishi belgilandi.

Eslatma: Siqilgan tabiiy yoki suyultirilgan uglevodorod gazda ishlashga moslashtirilganligi to‘g‘risida tegishli ruxsat etuvchi hujjatlari mavjud bo‘lmagan avtomobillarga gaz to‘ldirish litsenziya talab va shartlarini qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi va litsenziyaning bekor qilinishiga sabab bo‘ladi.

O'xshash maqolalar