Bloger Kaspi dengiziga yengil avtomobil bilan kirgani uchun jarimaga tortildi
Mang‘istau viloyatida javobgarlikka tortilgan O‘zbekistonlik bloger I. Yo’lchiyev yengil avtomobil bilan Kaspi dengiziga kirib, qo‘riqlanadigan hududlarda harakat qilgan.
Qoidabuzarliklar bilan video ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lib, katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Kadrda avtomobil sohil bo‘ylab va Bozjiyra hamda Tuzbayr hududlarida harakatlanib, tabiatga zarar yetkazayotgani ko‘rinadi.
Politsiya qoidabuzarning shaxsini aniqlab, protokol tuzdi. Unga 86 500 tenge(≈2.2 mln so’m) miqdorida jarima belgilandi.


